Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi Qonun (OʻRQ–790, 17.08.2022)
янв.21
💍 Yangihayotda yosh kelin-kuyovlar oilaviy hayotga tayyorlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 13-Al-Fargʻoniy okrugi deputati, Adolat SDP aʻzosi Annaqulov Kamol Xasanovich oʻz saylangan okrugi hududida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yoʻnalishi asosida hududiy oʻrganishlarni amalga oshirdi.
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi bosh mutaxassisi deputat Dilshoda Xursandova va “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi” aʼzosi, deputat Ismoil Xudaykulov bilan birgalikda "Yoʻldosh" mahallasi yettiligi aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
янв.21
#Qonun_ijrosi #Deputatlik_nazorati 🏛 Saylovchilar murojaati doimiy e’tiborda.
янв.21
#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun 📋Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida
янв.21
#Kengashfaoliyati  #Deputat_daftari 🏛 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashida navbatdagi muhokama: Deputatlar hisoboti va tashkiliy masalalar
янв.21
🏨 #Qonun_ijrosi #Kengashfaoliyati #Deputatlik_nazorati #Hamkorlik_faoliyati Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichi belgilab olindi
янв.21
#Deputatlik_nazorati#Deputatlik_faoliyati Deputat X.Dadabayev oʻz okrugida
янв.21
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi — hududda davlat hokimiyatining vakillik organi hisoblanadi
Deputatlar tomonidan elektr ta’minoti korxonasi faoliyati o‘rganildi

Deputatlar tomonidan elektr ta’minoti korxonasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda deputatlarga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini o‘rganish maqsadida Termiz tuman elektr ta’minoti korxonasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida korxonaning joriy faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda amaldagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi yuzasidan tahlillar o‘tkazildi.

Shuningdek, korxona xodimlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining "Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida"gi Qonuni mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida savolnoma va tushuntirish ishlari tashkil etildi. Mazkur Qonun 2024-yil 9-iyulda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2024-yil 10-iyulda Senat tomonidan ma’qullangan bo‘lib, energiya resurslaridan samarali foydalanish, isrofgarchilikning oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Bunday o‘rganish va targ‘ibot tadbirlari davlat organlari hamda tashkilotlarda qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash, energiya resurslaridan oqilona foydalanish madaniyatini yuksaltirish va sohada mas’uliyatni yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5