Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati T. Isroilova va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Yusupov "Barkamol" MFYda hokim yordamchisi faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganishda 9 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkorlik uchun 10 mln so‘mdan kredit ajratilgani, 13 nafar fuqaro ishga joylashtirilgani hamda bo‘sh yer maydonida nonvoyxona, MFY binosining yer to‘lasida "Ayollar sog‘lomlashtirish markazi" tashkil etilayotgani bilan tanishildi.
Mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar tomonidan muntazam nazorat qilinmoqda.