Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–62-son qarori ijrosi doirasida Andijon shahrida olib borilayotgan qurilish ishlari monitoring qilinmoqda.

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi O. Olimjonov tomonidan "O‘zbekiston" MFY hududidagi Amir Temur shoh ko‘chasida barpo etilayotgan ko‘p tarmoqli xizmat ko‘rsatish komplekslari o‘rganildi.

O‘rganish davomida qurilish ishlari tasdiqlangan reja asosida izchil olib borilayotgani, ayni paytda obyektlarda ichki pardozlash ishlari amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi tomonidan PQ–62-son qarori ijrosi yuzasidan monitoring ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4