Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun #Deputat_daftari Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlari mahallalardagi ishlar samaradorligini oʻrganmoqda
янв.21
#162_ta_qonun ⛪️ Xalq deputatlari Kengashi qarorlari kimlar uchun majburiy?
янв.21
#doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#Qonun_ijrosi #Kotibiyat_hududlarda # Yangihayot tumanida aholi muammolarini hal etish va huquqiy koʻmak berishga qaratilgan sayyor qabul oʻtkazildi
янв.21
🏛 Yangihayot tumanida qonun ustuvorligi va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
#Namunaviy_Komissiya_Qarorlari
янв.21
#Hamkorlik_faoliyati
янв.21
#162_ta_qonun Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati N.Akbarovning oʻrganishlari: Diqqat markazida oilaviy tadbirkorlik
янв.21
#Sessiya_oldi_organish #162_ta_qonun #Kotibiyat_hududlarda
янв.21
#162_ta_qonun
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Nazarova tomonidan “At-Termiziy” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi fuqarolar qabuli davomida aholi murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Qabul jarayonida fuqaro M.Madaminova tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida ko‘p qavatli uyga tutash yer maydonidan joy ajratilishida amaliy ko‘mak so‘rab murojaat qildi.

Mazkur murojaat yuzasidan mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, profilaktika inspektori hamda hokim yordamchisi ishtirokida masala atroflicha muhokama qilinib, amaldagi qonunchilik talablari asosida uni ijobiy hal etish yuzasidan hamkorlikdagi ishlar tashkil etildi.

Deputat tomonidan murojaat shaxsiy nazoratga olinib, fuqaroning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish hamda masalani tegishli tartibda ijobiy hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4