Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari navbatdagi sessiyaga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati, tuman hokimi X.Inogamov tomonidan masʼullar ishtirokida aholi muammolarini oʻrganish va ularni hal etish maqsadida sayyor qabul oʻtkazildi.
янв.21
Yangihayot tuman tashqi yoritish tarmogʻi boʻlimi boshligʻi A.Shukurovga DEPUTAT SOʻROVI
янв.21
8-Marhamat saylov okrugi deputati B.Mirzoqulov oʻz mahallasida oʻrganish oʻtkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 12-Navqiron okrugi deputati X. Dadabayev kunlik rejaga muvofiq oʻzi saylangan okrugda boʻldi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Qurilish, kommunal, suv xoʻjaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi D.Xursandova "Gulshanobod" mahallasida boʻldi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi 6-Yangihayot okrugi deputati D. Xursandovaning navbatdagi oʻrganishi
янв.21
🕯 Deputat aralashuvi bilan hududdagi muammolar bartaraf etildi
янв.21
2026-yil 1-apreldagi II-28-32-14-220-K/26 -son qarori ijrosi oʻrganildi.
янв.21
Aholi murojaatlari – deputat nazoratida!
“Nuroniylar maskani” faoliyati o‘rganildi

#24_ta_masala

🏛 “Nuroniylar maskani” faoliyati o‘rganildi

✅Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Teshayev hamda mas’ul tashkilotlar rahbarlari hamkorligida tumandagi “Nuroniylar maskani” faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

✅O‘rganish davomida maskanda nuroniylar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning mazmunli hordiq chiqarishi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

✅Shuningdek, nuroniylarning taklif va mulohazalari tinglanib, maskan faoliyatini yanada takomillashtirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda ularga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan fikr almashildi.

✅Keksalarni e’zozlash, ularning hayotiy tajribasidan samarali foydalanish hamda munosib turmush sharoitlarini yaratish borasidagi ishlar bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram | YouTube