Bugungi kunda hududlarni rivojlantirishda faqat davlat organlari emas, balki nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 20¹-moddasiga ko‘ra, Xalq deputatlari Kengashlari:
🔹 nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qiladi;
🔹 ularning qonunchilik asosidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi;
🔹 hududiy dasturlar hamda Kengash qarorlari loyihalarini ishlab chiqishda ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
🔹 qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda ishlaydi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati