Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari navbatdagi sessiyaga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati, tuman hokimi X.Inogamov tomonidan masʼullar ishtirokida aholi muammolarini oʻrganish va ularni hal etish maqsadida sayyor qabul oʻtkazildi.
янв.21
Yangihayot tuman tashqi yoritish tarmogʻi boʻlimi boshligʻi A.Shukurovga DEPUTAT SOʻROVI
янв.21
8-Marhamat saylov okrugi deputati B.Mirzoqulov oʻz mahallasida oʻrganish oʻtkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 12-Navqiron okrugi deputati X. Dadabayev kunlik rejaga muvofiq oʻzi saylangan okrugda boʻldi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Qurilish, kommunal, suv xoʻjaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi D.Xursandova "Gulshanobod" mahallasida boʻldi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi 6-Yangihayot okrugi deputati D. Xursandovaning navbatdagi oʻrganishi
янв.21
🕯 Deputat aralashuvi bilan hududdagi muammolar bartaraf etildi
янв.21
2026-yil 1-apreldagi II-28-32-14-220-K/26 -son qarori ijrosi oʻrganildi.
янв.21
Aholi murojaatlari – deputat nazoratida!
MAHALLADAGI ISHLAR SAMARADORLIGI DEPUTATLIK NAZORATIDA

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normurodova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati xodimi R.Mamashukurov 6-"Alpomish" saylov okrugi hududida bo‘lib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli "Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni, Oliy Majlis Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi KQ–360-V-sonli qarori hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan "Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi" asosida tashkil etildi.

🔍 Monitoring davomida 24 ta eng muhim yo‘nalishning 6-yo‘nalishi doirasida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

🤝 Shuningdek, mutasaddilar bilan o‘tkazilgan muloqotlarda xotin-qizlarning tadbirkorlikka jalb etilishi, kasb-hunarga o‘qitilishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallada olib borilayotgan profilaktik va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning samaradorligi yuzasidan fikr almashildi.

📋 O‘rganish davomida mahalla hududida mavjud bo‘lgan bir qator texnik va obodonlashtirish bilan bog‘liq kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, infratuzilma holati, hududlarni obodonlashtirish va aholi murojaatlarida ko‘tarilgan ayrim masalalar joyida ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan muammo va kamchiliklar deputat A.Ashurovning "Murojaat daftari"ga batafsil qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas'ul tashkilotlarga tegishli tartibda murojaatlar kiritilishi hamda ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi belgilandi.

✅ Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan mahallalarda qonun hujjatlari ijrosi, davlat dasturlari va ijtimoiy loyihalarning samaradorligi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularning yechimini ta’minlashga qaratilgan o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2