Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kengashi 6-Yangihayot okrugi deputati D. Xursandovaning navbatdagi oʻrganishi
янв.21
🕯 Deputat aralashuvi bilan hududdagi muammolar bartaraf etildi
янв.21
2026-yil 1-apreldagi II-28-32-14-220-K/26 -son qarori ijrosi oʻrganildi.
янв.21
Aholi murojaatlari – deputat nazoratida!
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi kotibiyati mudiri hamda deputatlar X. Dadabayev va D. Xursandova tomonidan mahalla faoli M.Sarimsaqova ishtirokida “Yangihayot” mahallasi hududida “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati Dilshoda Xursandova va Yoshlar maslahat guruhi azosi Nargiza Qodirova “Davraga kel, dugonajon!” maʼrifiy tadbirlarida
янв.21
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (02.09.1993 yildagi 913-XII-son) 19 prim 1-moddasi ijrosi.
янв.21
👍 “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Yangihayot tumaniga Xitoydan toʻgʻridan toʻgʻri investitsiya kiritiladi:
янв.21
📢 “Binokor” MFYdagi ekologik muammo deputat nazoratiga olindi!
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlaridagi kamchiliklar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat S.Madjitov tumanning “Birlik” mahallasi Uchtosh ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning ichki yo‘llarni asfaltlashtirishdagi kamchiliklar yuzasidan bildirgan murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

🔺O‘rganish davomida mazkur ko‘cha 2026-yilning 1-mavsumida “Ochiq budjet” loyihasi doirasida asfaltlashtirish taklifi bo‘yicha g‘olib deb topilganligi hamda yo‘lning ayrim qismlarida qurilish sifati talab darajasida emasligi, ayrim texnologik talablarga to‘liq rioya qilinmaganligi aniqlandi.

🔺Deputat tomonidan fuqarolarning fikr va takliflari tinglanib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullar ishtirokida muhokama o‘tkazildi va pudratchi tashkilot vakillari bildirilgan e’tirozlarni inobatga olishlarini hamda aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etishlarini ma’lum qildilar.

Slide 1 of 3