Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🕯 Deputat aralashuvi bilan hududdagi muammolar bartaraf etildi
янв.21
2026-yil 1-apreldagi II-28-32-14-220-K/26 -son qarori ijrosi oʻrganildi.
янв.21
Aholi murojaatlari – deputat nazoratida!
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi kotibiyati mudiri hamda deputatlar X. Dadabayev va D. Xursandova tomonidan mahalla faoli M.Sarimsaqova ishtirokida “Yangihayot” mahallasi hududida “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati Dilshoda Xursandova va Yoshlar maslahat guruhi azosi Nargiza Qodirova “Davraga kel, dugonajon!” maʼrifiy tadbirlarida
янв.21
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (02.09.1993 yildagi 913-XII-son) 19 prim 1-moddasi ijrosi.
янв.21
👍 “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Yangihayot tumaniga Xitoydan toʻgʻridan toʻgʻri investitsiya kiritiladi:
янв.21
📢 “Binokor” MFYdagi ekologik muammo deputat nazoratiga olindi!
янв.21
“Hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish va aholi bandligini taʻminlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va masʻuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 20-dekabrdagi PF–223-son Farmoni ijrosini taʼminlash
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏫 Maktabdagi qurilish va rekonstruksiya ishlari nazoratda

👤 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan "Cho‘yinchi" mahallasidagi 56-son umumta'lim maktabida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

🏗 O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda loyiha talablariga muvofiqligi yuzasidan monitoring olib borildi. Mas'ul tashkilot vakillari bilan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, qurilishni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan tavsiyalar berildi.

📄 Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-son qarori asosida amalga oshirilmoqda.

🎓 Rekonstruksiya ishlari yakunlangach, maktabda ta'lim oluvchi o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratiladi hamda ta'lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

   

Slide 1 of 5