Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#162_ta_qonun Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati N.Akbarovning oʻrganishlari: Diqqat markazida oilaviy tadbirkorlik
янв.21
#Sessiya_oldi_organish #162_ta_qonun #Kotibiyat_hududlarda
янв.21
#162_ta_qonun
янв.21
#Deputatfaoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol
янв.21
#Deputatfaoliyati #mahallayettiligi #Xotinqizlarhimoyasi #Hamkorlik_faoliyati
янв.21
#Sessiya_oldi_organish: DOIMIY KOMISSIYALAR ISH JARAYONIDA
янв.21
#deputatlar_nazorati #deputatlik_faoliyati
янв.21
#Qonun_ijrosi Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi deputati, tuman hokimi X.Inogamovning navbatdagi fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari navbatdagi sessiyaga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati, tuman hokimi X.Inogamov tomonidan masʼullar ishtirokida aholi muammolarini oʻrganish va ularni hal etish maqsadida sayyor qabul oʻtkazildi.
Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan Qo‘qon shahar Axborot-kutubxona markazida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-280-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash yuzasidan markazda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Xususan, aholiga axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish sifati, kitob fondini boyitish, elektron axborot resurslaridan samarali foydalanish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda yoshlarni mutolaa qilishga keng jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, kitobxonlarga yaratilgan sharoitlarni yaxshilash hamda qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, Axborot-kutubxona markazi faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3