Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati, tuman hokimi X.Inogamov tomonidan masʼullar ishtirokida aholi muammolarini oʻrganish va ularni hal etish maqsadida sayyor qabul oʻtkazildi.
янв.21
Yangihayot tuman tashqi yoritish tarmogʻi boʻlimi boshligʻi A.Shukurovga DEPUTAT SOʻROVI
янв.21
8-Marhamat saylov okrugi deputati B.Mirzoqulov oʻz mahallasida oʻrganish oʻtkazdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 12-Navqiron okrugi deputati X. Dadabayev kunlik rejaga muvofiq oʻzi saylangan okrugda boʻldi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Qurilish, kommunal, suv xoʻjaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi D.Xursandova "Gulshanobod" mahallasida boʻldi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi 6-Yangihayot okrugi deputati D. Xursandovaning navbatdagi oʻrganishi
янв.21
🕯 Deputat aralashuvi bilan hududdagi muammolar bartaraf etildi
янв.21
2026-yil 1-apreldagi II-28-32-14-220-K/26 -son qarori ijrosi oʻrganildi.
янв.21
Aholi murojaatlari – deputat nazoratida!
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi kotibiyati mudiri hamda deputatlar X. Dadabayev va D. Xursandova tomonidan mahalla faoli M.Sarimsaqova ishtirokida “Yangihayot” mahallasi hududida “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
B.Marg‘iloniy mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, 21-B.Marg‘iloniy saylov okrugi deputati R. Alijonova, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda Inson ijtimoiy xizmatlari markazi rahbari o‘rinbosari B.Xayitov ishtirokida B.Marg‘iloniy mahalla fuqarolar yig‘ini hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35–V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, "Ayollar daftari" bilan ishlash tizimi, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Ma’lum qilinishicha, B. Marg‘iloniy mahallasida 3 250 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallada 560 ta xonadon va 947 ta oila mavjud bo‘lib, shundan 1 649 nafari erkaklar, 1 601 nafari ayollarni tashkil etadi. Shuningdek, mahallada 950 nafar yoshlar istiqomat qilmoqda. Ulardan 503 nafari yigitlar, 447 nafari qizlar hisoblanadi.

O‘rganish jarayonida "Ayollar daftari" bilan ishlash holati ham ko‘rib chiqildi. Hozirda daftarda 120 nafar xotin-qiz ro‘yxatda bo‘lib, ulardan 40 nafari birinchi toifa, 1 nafari uchinchi toifa, 39 nafari to‘rtinchi toifa hamda 40 nafari beshinchi toifaga kiritilgan. Ikkinchi toifa bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar mavjud emas.

Shuningdek, 1 nafar xotin-qizga himoya orderi rasmiylashtirilgan. Davolanishga muhtoj bo‘lgan 1 nafar fuqaro shifoxonaga yuborilib, davolanish kursini muvaffaqiyatli yakunlagan. Bundan tashqari, "Ayollar daftari"ga kiritilgan 1 ta xonadonni ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan hamda 5 nafar xotin-qiz kasb-hunarga yo‘naltirilgan.

O‘rganish davomida mahalla aholisi bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Bildirilgan murojaatlar deputatning ko‘cha aylanish daftariga belgilangan tartibda qayd etilib, ularning ijrosini ta’minlash va tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

O‘rganish yakunida mas’ul mutasaddilarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, "Ayollar daftari" bilan ishlash samaradorligini oshirish, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda davlat dasturlari ijrosini sifatli tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan mazkur yo‘nalishdagi deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3