Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (02.09.1993 yildagi 913-XII-son) 19 prim 1-moddasi ijrosi.
янв.21
👍 “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Yangihayot tumaniga Xitoydan toʻgʻridan toʻgʻri investitsiya kiritiladi:
янв.21
📢 “Binokor” MFYdagi ekologik muammo deputat nazoratiga olindi!
янв.21
“Hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish va aholi bandligini taʻminlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va masʻuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 20-dekabrdagi PF–223-son Farmoni ijrosini taʼminlash
янв.21
📣 Mahallalarda xavfsiz muhit: Yutuqlar e’tirof etildi, muammolar tahlil qilinmoqda
янв.21
⚡️ Yoshlarning huquqiy savodxonligi va faol fuqarolik pozitsiyasi – diqqat markazida!
янв.21
“Nozima obod kommunal servis BK” MCHJ faoliyati oʻrganildi.
янв.21
📌“Yangi Darxon” mahalla fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qiluvchi aholidan suv yoʻllaridagi nosozliklar yuzasidan kelib tushgan xavotirli va tezkor murojaatlar Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi tomonidan zudlik bilan nazoratga olingan edi.
янв.21
📣 Aholi murojaatlari eʼtibor markazida: Navbatdagi fuqarolar qabuli 21-Chortoq okrugida oʻtkazildi
DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI: AHOLI MUROJAATI ASOSIDA SANITARIYA TADBIRLARI AMALGA OSHIRILDI

Deputat tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganilib, ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida sanitariya-gigiyena talablari buzilgani, burga va boshqa zararli hasharotlar ko‘paygani hamda aholining salomatligiga xavf tug‘dirayotgan holatlar aniqlangan edi.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida Termiz shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i N.N.Yo‘ldoshev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📌 Deputatlik so‘rovi yuzasidan ko‘rilgan choralar natijasida:

✅ ko‘p qavatli uy yerto‘lasi va unga tutash hududlarda to‘liq dezinfeksiya va dezinseksiya ishlari amalga oshirildi;
✅ zararli hasharotlarga qarshi maxsus ishlov berildi;
✅ bajarilgan ishlar bo‘yicha mas’ul tashkilot tomonidan rasmiy javob xati hamda fotohisobot taqdim etildi.

Bu natija deputatlik nazoratining amaliy samarasi, fuqarolar murojaatlariga befarq bo‘lmasdan, ularni mas’ul idoralar bilan hamkorlikda qisqa muddatlarda hal etish mumkinligini yana bir bor tasdiqladi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari bundan buyon ham saylovchilarni qiynayotgan muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topish borasidagi ishlarni izchil davom ettiradi.