Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#162_ta_qonun ⛪️ Xalq deputatlari Kengashi qarorlari kimlar uchun majburiy?
янв.21
#doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#Qonun_ijrosi #Kotibiyat_hududlarda # Yangihayot tumanida aholi muammolarini hal etish va huquqiy koʻmak berishga qaratilgan sayyor qabul oʻtkazildi
янв.21
🏛 Yangihayot tumanida qonun ustuvorligi va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
#Namunaviy_Komissiya_Qarorlari
янв.21
#Hamkorlik_faoliyati
янв.21
#162_ta_qonun Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati N.Akbarovning oʻrganishlari: Diqqat markazida oilaviy tadbirkorlik
янв.21
#Sessiya_oldi_organish #162_ta_qonun #Kotibiyat_hududlarda
янв.21
#162_ta_qonun
янв.21
#Deputatfaoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol
#okrugda_organish

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati A.Nishonov 20-Galabotir saylov okrugiga qarashli "Galabotir" mahallasida bo‘lib, aholi osoyishtaligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Ushbu o‘rganishlar tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti oldidan tashkil etildi.

✔️Deputat A.Nishonov mahalla profilaktika inspektorining fuqarolar bilan ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyat jarayonlarini atroflicha tahlil qildi.
Xususan:
📌Aholi murojaatlari bilan ishlash: Fuqarolardan kelayotgan murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli hal etilishi;
📌Profilaktik tadbirlar: Mahallada jinoyatchilikka barham berish va "Xavfsiz mahalla" tamoyilini joriy etish borasidagi choralar;
📌Hamkorlik tizimi: Profilaktika inspektorining mahalla yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va mahalla raisi bilan hamkorlikdagi ishlari samaradorligi.
💬 "Mahalla obodligi va xavfsizligi — har birimizning xotirjamligimiz garovidir. Profilaktika inspektorining fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqot o‘rnatishi mahalladagi ko‘plab ijtimoiy muammolarning barvaqt oldini olishga xizmat qiladi," — deb ta’kidladi deputat A.Nishonov.
✔️O‘rganish davomida aniqlangan masalalar va bildirilgan takliflar xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman ichki ishlar bo'limi boshlig‘ining hisoboti muhokamasi jarayonida ko‘tarilib,Kengash qarori qabul qilinishida muhim ekanligi ta'kidlandi.


Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram |
📹 Youtube

Slide 1 of 1