Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Umida Aripova hududdagi muammolarni bevosita oʻrgandi
янв.21
329-sonli maktabda ham bitiruvchilar uchun hayajonli “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida tuman hokimi, Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati X.Inogamov va U.Aripovalar ishtirok etishdi.
янв.21
Yangihayot tumanidagi 331-sonli maktabda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbiri koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.
янв.21
#️⃣ Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 6-Yangihayot okrugi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a'zosi Xursandova Dilshoda Abdullayevna, mahalla raisi, xotin-qizlar faoli hamda ijtimoiy xodim birgalikda hududdagi fuqarolardan birining xonadonida boʻldilar.
янв.21
Deputat va "Mahalla yettiligi" hamkorligi
янв.21
xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati, tuman hokimi X.Inogamov va X.Dadabayev boshchiligida “Yangi Dapxon” mahallasida “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
янв.21
Yangi hayot bo‘sag‘asida: 292-maktabda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» chalindi!
янв.21
🎆 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi dyeputati Djumaniyazova Gulandam  Sabirovna “Soʻnggi qoʻngʻiroq — 2026” bitiriuvchilariga oʻz tilaklarini bildirdi va bitiruvchilarni qutlash jarayonida ishtirok etdi.
янв.21
MUSTAQIL HAYOT OSTONASIDA: 8-SONLI UMUMLASHGAN MAKTABDA "SOʻNGGI QOʻNGʻIROQ" TADBIRI BOʻLIB OʻTDI.
янв.21
🔔 MUSTAQIL HAYOT OSTONASIDA: 332-MAKTABDA "SOʻNGGI QOʻNGʻIROQ" TADBIRI BOʻLIB OʻTDI
#tavsiyalar_asosida_kunlik_ishreja_ichki_yullar
#tavsiyalar_asosida_kunlik_ishreja_ichki_yullar

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar “Mustaqillik” MFY hududidagi ichki yo‘llar holatini joyiga chiqib o‘rgandilar.
O‘rganish davomida mahalla ko‘chalaridagi qatnov holati, piyodalar harakati uchun yaratilgan sharoitlar hamda yo‘llarning bugungi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Hudud aholisi bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlarda ichki yo‘llarni ta’mirlash, ayrim ko‘chalarda shag‘allashtirish ishlarini amalga oshirish hamda yomg‘irli mavsumda yuzaga keladigan noqulayliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Fuqarolar tomonidan mahalladagi ichki yo‘llarning holati kundalik harakatlanish, ayniqsa, bolalar va keksalar uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, o‘rganish davomida mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, hudud obodonligini saqlash va ichki yo‘llarni bosqichma-bosqich tartibga keltirish masalalari muhokama qilindi. Deputat va mutaxassislar tomonidan bildirilgan murojaatlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda mavjud masalalar yuzasidan amaliy choralar ko‘rish lozimligi qayd etildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 3