Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati mudiri X.Dadabayev hamda tuman Kengashi deputatlari K.Annaqulov va B.Qobiljonovlar tashabbusi bilan, “Adolat” SDP Toshkent shahar kengashi raisi M.Dadaxodjayevaning tumanga tashrifi doirasida keng qamrovli tadbir tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 4-Tashabbus okrugi deputati, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi aʼzosi X.Tillayev tumanning “Yangi Umid” MFY hududida maktab bitiruvchilari bilan suhbatlashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 8-Marhamat okrugi deputati B.Mirzoqulovning tuman IIOFMB Migratsiya va personallashtirish masʼul rahbarlari bilan birgalikda 331-son umumtaʼlim maktabi faollar zalida aholi orasida oʻtkaziladigan sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.
янв.21
xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati Xursandova Dilshoda Abdullayevna tomonidan hududda aholi farovonligi va yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida navbatdagi tizimli oʻrganishlar oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.A.Nishanbekova ishtirokida "Mashʼal" mahallasida navbatdagi amaliy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi muammolari va yoshlar tarbiyasi eʼtibor markazida!
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Yangi Choshtepa” mahallasida
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati Goʻzal Rahmonqulova “Charogʻon” okrugida boʻlib, mahalla raisi va hokim yordamchisi bilan birgalikda muloqot oʻtkazdi.
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Yangi Choshtepa” mahallasida
янв.21
"Fayzli" mahallasi Sanoat zonasi koʻchasida keng koʻlamli asfaltlash va yoʻl sozlash ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 32-sessiyasi 2026-yil 23-may kuni soat 10-00 ga belgilandi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
1) Bo‘stonliq tumanida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yil birinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i A.Boymirzayev hisoboti;
2) Bo‘stonliq tumanini murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha namunali hududga aylantirish yuzasidan harakatlar rejasi haqida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari X.Abduyusupov hisoboti;
3) Bo‘stonliq tumanida “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan loyihalar bo‘yicha 2026-yil birinchi chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E.Turobov hisoboti;
4) Bo‘stonliq tumani darajasida o‘tkaziladigan tadbirlarni amalga oshirish uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish toʻgʻrisida tuman yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i O.Shokirova hisoboti.