Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati mudiri X.Dadabayev hamda tuman Kengashi deputatlari K.Annaqulov va B.Qobiljonovlar tashabbusi bilan, “Adolat” SDP Toshkent shahar kengashi raisi M.Dadaxodjayevaning tumanga tashrifi doirasida keng qamrovli tadbir tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 4-Tashabbus okrugi deputati, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi aʼzosi X.Tillayev tumanning “Yangi Umid” MFY hududida maktab bitiruvchilari bilan suhbatlashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 8-Marhamat okrugi deputati B.Mirzoqulovning tuman IIOFMB Migratsiya va personallashtirish masʼul rahbarlari bilan birgalikda 331-son umumtaʼlim maktabi faollar zalida aholi orasida oʻtkaziladigan sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.
янв.21
xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati Xursandova Dilshoda Abdullayevna tomonidan hududda aholi farovonligi va yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida navbatdagi tizimli oʻrganishlar oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.A.Nishanbekova ishtirokida "Mashʼal" mahallasida navbatdagi amaliy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi muammolari va yoshlar tarbiyasi eʼtibor markazida!
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Yangi Choshtepa” mahallasida
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati Goʻzal Rahmonqulova “Charogʻon” okrugida boʻlib, mahalla raisi va hokim yordamchisi bilan birgalikda muloqot oʻtkazdi.
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Yangi Choshtepa” mahallasida
янв.21
"Fayzli" mahallasi Sanoat zonasi koʻchasida keng koʻlamli asfaltlash va yoʻl sozlash ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdagi 23-sessiyasi

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Sessiyada navbatdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal yetishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi”bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025-yil yakunlari bo‘yicha Sherobod tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida tumanda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi masala ko‘rib chiqildi.

Mazkur masala yuzasidan Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Z.Eshmurodova ushbu masalaning doimiy komissiyada atroflicha muhokama qilingani hamda qaror loyihasi yuzasidan komissiya xulosalarini bayon etdi.

So‘z yakunida mazkur masalaning dolzarbligini inobatga olib, deputatlar qaror loyihasini qo‘llab-quvvatlashga chaqirildi. Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, qaror loyihasi deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

   

Slide 1 of 2