Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati mudiri X.Dadabayev hamda tuman Kengashi deputatlari K.Annaqulov va B.Qobiljonovlar tashabbusi bilan, “Adolat” SDP Toshkent shahar kengashi raisi M.Dadaxodjayevaning tumanga tashrifi doirasida keng qamrovli tadbir tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 4-Tashabbus okrugi deputati, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi aʼzosi X.Tillayev tumanning “Yangi Umid” MFY hududida maktab bitiruvchilari bilan suhbatlashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 8-Marhamat okrugi deputati B.Mirzoqulovning tuman IIOFMB Migratsiya va personallashtirish masʼul rahbarlari bilan birgalikda 331-son umumtaʼlim maktabi faollar zalida aholi orasida oʻtkaziladigan sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.
янв.21
xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati Xursandova Dilshoda Abdullayevna tomonidan hududda aholi farovonligi va yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida navbatdagi tizimli oʻrganishlar oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.A.Nishanbekova ishtirokida "Mashʼal" mahallasida navbatdagi amaliy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi muammolari va yoshlar tarbiyasi eʼtibor markazida!
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Yangi Choshtepa” mahallasida
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati Goʻzal Rahmonqulova “Charogʻon” okrugida boʻlib, mahalla raisi va hokim yordamchisi bilan birgalikda muloqot oʻtkazdi.
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Yangi Choshtepa” mahallasida
янв.21
"Fayzli" mahallasi Sanoat zonasi koʻchasida keng koʻlamli asfaltlash va yoʻl sozlash ishlari olib borildi
Deputat vakolatidan foydalandi: Tuman Kengashi deputati T.Ashurova mutasaddilarga so‘rov yubordi

Deputat vakolatidan foydalandi: Tuman Kengashi deputati T.Ashurova mutasaddilarga so‘rov yubordi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Tamanno Ashurova tomonidan hududdagi aholini ko‘p yillardan buyon qiynab kelayotgan dolzarb muammolarni hal etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborildi.

Deputat tomonidan joylarga chiqib o‘rganilgan va tuman mas’ullari e’tiboriga havola etilgan 3 ta asosiy masala:
Yo‘l muammosi: Ta’mirtalab ko‘chalar
"Tojikobod" mahallasi tarkibidagi Mustaqillik, Navobod va Bahoriston ko‘chalari yo‘llarining yaroqsiz holga kelib qolgani aholi, ayniqsa, maktab o‘quvchilari va keksalar harakati uchun jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

Uzun tumani hokimligi qoshidagi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i v.b. F.Kenjayevga.

Mazkur ko‘chalarning qatnov qismini qayta ta’mirlash va aholi uchun xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish.

Eskirgan simyog‘ochlar xavfi
"Tojikobod" mahallasida mavjud elektr simyog‘ochlari (ustunlari) yillar davomida eskirib, chirigan, yorilgan va simlar osilib qolgan. Bu holat kuchli shamol va yomg‘irli kunlarda qisqa tutashuvlarga, elektr uzilishlariga va eng yomoni — yosh bolalar hayotiga jiddiy xavf solmoqda.

Uzun tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i A.G‘afforovga.
Eskirgan yog‘och ustunlarni ko‘zdan kechirib, ularni zamonaviy temir-beton ustunlarga almashtirish hamda simlarni tartibga keltirish.

"Tojikobod" mahallasining Mustaqillik va Navobod ko‘chalarida yashovchi fuqarolar tomonidan markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘i mavjud emasligi bo‘yicha takroriy murojaatlar kelib tushgan. Toza ichimlik suvi yo‘qligi aholining sanitariya-gigiyena holatiga va kundalik turmush tarziga juda salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

"Surxondaryo suv ta’minoti" AJ Uzun tumani suv ta’minoti bo‘limi boshlig‘i I.Doniyorovga.

Ko‘chalarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

Qonuniy muddat va mas’uliyat:
"Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi Qonunga asosan, mutasaddi tashkilot rahbarlari ushbu so‘rovlarga 10 kundan kechiktirmay yozma ravishda javob berishlari shart.

Deputat so‘rovini e’tiborsiz qoldirish yoki qonuniy muddatlarni sababsiz buzish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga ko‘ra, mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 7 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.