Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati mudiri X.Dadabayev hamda tuman Kengashi deputatlari K.Annaqulov va B.Qobiljonovlar tashabbusi bilan, “Adolat” SDP Toshkent shahar kengashi raisi M.Dadaxodjayevaning tumanga tashrifi doirasida keng qamrovli tadbir tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 4-Tashabbus okrugi deputati, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi aʼzosi X.Tillayev tumanning “Yangi Umid” MFY hududida maktab bitiruvchilari bilan suhbatlashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 8-Marhamat okrugi deputati B.Mirzoqulovning tuman IIOFMB Migratsiya va personallashtirish masʼul rahbarlari bilan birgalikda 331-son umumtaʼlim maktabi faollar zalida aholi orasida oʻtkaziladigan sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.
янв.21
xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati Xursandova Dilshoda Abdullayevna tomonidan hududda aholi farovonligi va yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida navbatdagi tizimli oʻrganishlar oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.A.Nishanbekova ishtirokida "Mashʼal" mahallasida navbatdagi amaliy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi muammolari va yoshlar tarbiyasi eʼtibor markazida!
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Yangi Choshtepa” mahallasida
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati Goʻzal Rahmonqulova “Charogʻon” okrugida boʻlib, mahalla raisi va hokim yordamchisi bilan birgalikda muloqot oʻtkazdi.
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Yangi Choshtepa” mahallasida
янв.21
"Fayzli" mahallasi Sanoat zonasi koʻchasida keng koʻlamli asfaltlash va yoʻl sozlash ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Omonov O‘ktam To‘raqulovich tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Omonov O‘ktam To‘raqulovich tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

#Deputatlik_sorovi_ijrosi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Omonov O‘ktam To‘raqulovich tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Murojaat yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan holat joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida oila a’zolari o‘rtasida ayrim tushunmovchiliklar mavjud bo‘lgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan umumta’lim maktabi ma’muriyati, maktab psixologi hamda mas’ul xodimlar ishtirokida suhbatlar tashkil etilib, o‘quvchining psixologik holati va oilaviy muhit atroflicha o‘rganildi.

Maktab psixologi tomonidan o‘quvchi bilan muntazam individual suhbatlar olib borilgani hamda zarur psixologik yordam ko‘rsatilayotgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, yuzaga kelgan oilaviy kelishmovchiliklar bo‘yicha profilaktik va tushuntirish ishlari olib borilib, hozirgi kunda vaziyat ijobiy tomonga o‘zgargani bildirildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1