Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati mudiri X.Dadabayev hamda tuman Kengashi deputatlari K.Annaqulov va B.Qobiljonovlar tashabbusi bilan, “Adolat” SDP Toshkent shahar kengashi raisi M.Dadaxodjayevaning tumanga tashrifi doirasida keng qamrovli tadbir tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 4-Tashabbus okrugi deputati, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi aʼzosi X.Tillayev tumanning “Yangi Umid” MFY hududida maktab bitiruvchilari bilan suhbatlashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 8-Marhamat okrugi deputati B.Mirzoqulovning tuman IIOFMB Migratsiya va personallashtirish masʼul rahbarlari bilan birgalikda 331-son umumtaʼlim maktabi faollar zalida aholi orasida oʻtkaziladigan sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.
янв.21
xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati Xursandova Dilshoda Abdullayevna tomonidan hududda aholi farovonligi va yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida navbatdagi tizimli oʻrganishlar oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.A.Nishanbekova ishtirokida "Mashʼal" mahallasida navbatdagi amaliy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi muammolari va yoshlar tarbiyasi eʼtibor markazida!
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Yangi Choshtepa” mahallasida
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati Goʻzal Rahmonqulova “Charogʻon” okrugida boʻlib, mahalla raisi va hokim yordamchisi bilan birgalikda muloqot oʻtkazdi.
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Yangi Choshtepa” mahallasida
янв.21
"Fayzli" mahallasi Sanoat zonasi koʻchasida keng koʻlamli asfaltlash va yoʻl sozlash ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Axunov Jamshid Shodiyevich tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Davlat Kadastrlar palatasi Payariq tumani filiali boshlig‘i X. Muxtasamov tomonidan belgilangan tartibda javob taqdim etildi.

#Deputat_sorovi_javobi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Axunov Jamshid Shodiyevich tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Davlat Kadastrlar palatasi Payariq tumani filiali boshlig‘i X. Muxtasamov tomonidan belgilangan tartibda javob taqdim etildi.

Mazkur deputatlik so‘rovi asosida Davlat Kadastrlar palatasi tuman filiali mutaxassislari tomonidan hududga chiqilgan holda o‘rganish ishlari olib borildi. Jumladan, Payariq tumani Xosa mahallasida yangi qurilgan suv inshooti yonidagi ko‘cha holati joyiga chiqqan holda atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida hududdagi mavjud ko‘chaning eni bugungi kunda 3,5 metrni tashkil etishi aniqlanib, holat bo‘yicha tegishli mas’ullar ishtirokida fuqarolar bilan suhbat va tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, amaldagi qonunchilik talablari hamda hududdagi mavjud vaziyat yuzasidan aholiga zarur huquqiy tushunchalar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 3