Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati mudiri X.Dadabayev hamda tuman Kengashi deputatlari K.Annaqulov va B.Qobiljonovlar tashabbusi bilan, “Adolat” SDP Toshkent shahar kengashi raisi M.Dadaxodjayevaning tumanga tashrifi doirasida keng qamrovli tadbir tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 4-Tashabbus okrugi deputati, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi aʼzosi X.Tillayev tumanning “Yangi Umid” MFY hududida maktab bitiruvchilari bilan suhbatlashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 8-Marhamat okrugi deputati B.Mirzoqulovning tuman IIOFMB Migratsiya va personallashtirish masʼul rahbarlari bilan birgalikda 331-son umumtaʼlim maktabi faollar zalida aholi orasida oʻtkaziladigan sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.
янв.21
xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati Xursandova Dilshoda Abdullayevna tomonidan hududda aholi farovonligi va yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida navbatdagi tizimli oʻrganishlar oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.A.Nishanbekova ishtirokida "Mashʼal" mahallasida navbatdagi amaliy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi muammolari va yoshlar tarbiyasi eʼtibor markazida!
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Yangi Choshtepa” mahallasida
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati Goʻzal Rahmonqulova “Charogʻon” okrugida boʻlib, mahalla raisi va hokim yordamchisi bilan birgalikda muloqot oʻtkazdi.
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Yangi Choshtepa” mahallasida
янв.21
"Fayzli" mahallasi Sanoat zonasi koʻchasida keng koʻlamli asfaltlash va yoʻl sozlash ishlari olib borildi
#murojaatlar
#murojaatlar

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati I. Ismatov, shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar tomonidan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, elektr energiyasi va qurilish hujjatlari bilan bog‘liq murojaatlar o‘rganildi.

Uchrashuv davomida ayrim fuqarolar tomonidan elektr ta’minotidagi uzilishlar, quvvat masalalari hamda yangi qurilish obyektlarini rasmiylashtirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Shuningdek, qurilish hujjatlarini olish, tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirish va amaliyotdagi ayrim noqulayliklar bo‘yicha ham taklif va mulohazalar tinglandi.

Murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar ishtirokida tushuntirishlar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. Ayrim masalalar joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 5