Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.A.Nishanbekova ishtirokida "Mashʼal" mahallasida navbatdagi amaliy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi muammolari va yoshlar tarbiyasi eʼtibor markazida!
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Yangi Choshtepa” mahallasida
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati Goʻzal Rahmonqulova “Charogʻon” okrugida boʻlib, mahalla raisi va hokim yordamchisi bilan birgalikda muloqot oʻtkazdi.
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Yangi Choshtepa” mahallasida
янв.21
"Fayzli" mahallasi Sanoat zonasi koʻchasida keng koʻlamli asfaltlash va yoʻl sozlash ishlari olib borildi
янв.21
Deputat Veoliya Tashkent MCHJ tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo’yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Moʻminova Zulfiya Mardanovna  ishtirokida boʻlib oʻtdi.
янв.21
1-Choshtepa saylov okrugi deputati X.Inogamov hamda 23-Binokor saylov okrugi deputati U.Nishanbekova hamkorligida tumanning “Binokor” mahallasida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi, Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi va Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi hamkorligida tadbir tashkil etildi.
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, Romitan tuman hokimi U.Barnoyev tumanda eksportbop uzumchilik va intensiv bog’dorchilikni rivojlantirish ishlari bilan tanishdi.

Prezidentimiz tomonidan 2026 yil 14 may kuni sanoatlashgan intensiv mevali bog’lar barpo etish hamda eskirgan bog’larni yangilashni qo’llab-quvvatlash masalalariga bag’ishlab o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Romitan tumanida keng ko’lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, tumanning Hazorbog’ massivida faoliyat yuritayotgan 56 ta fermer xo’jaligi tomonidan jami 690 gektar maydonda bog’ va uzumzorlar parvarish qilinmoqda. Ushbu maydonlarning 420 gektarini uzumzorlar, 270 gektarini esa intensiv bog’lar tashkil etadi. Quvonarlisi, 96 gektar uzumzor maydonlarida zamonaviy tomchilatib sug’orish tizimi joriy qilingan bo’lib, bu suv tejamkorligi va hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek, hududdagi uzumzorlarni bosqichma-bosqich to’liq shpaler va voyish usuliga o’tkazish ishlari ham amalga oshirilmoqda. Bu esa uzumzorlarda agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish, parvarish jarayonlarini yengillashtirish va sifatli hosil yetishtirish imkonini beradi.

Ayni paytda mazkur hududda faoliyat yuritayotgan “Agro Star” MChJ tomonidan qo’shimcha 50 gektar maydonda intensiv bog’lar barpo etish rejalashtirilgan. Bu kabi loyihalar aholini sifatli va eksportbop meva-sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlash, yangi ish o’rinlari yaratish hamda eksport salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Davlat tomonidan sohani qo’llab-quvvatlash maqsadida mevali bog’ va tokzorlar barpo etish uchun banklar orqali 14 foizli, 7 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan kredit mablag’lari ajratilishi ham belgilab olingan. Bu esa fermer va tadbirkorlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratmoqda.

1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, Romitan tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida mutasaddi tashkilot rahbarlari ushbu hududda bo’lib, amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusida bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar bilan yaqindan tanishdilar.

Shu bilan birga, tumandagi fermer xo’jaliklari tokzorlariga o’rnatilgan shpalerlar uchun davlat subsidiyalari ajratilishida Agrosanoatni rivojlantirish agentligining tuman bo’limi tomonidan amaliy ko’mak ko’rsatilmoqda. Natijada ko’plab xo’jaliklar davlat subsidiyalaridan samarali foydalanish imkoniga ega bo’lib, bu tokzorlarni yanada rivojlantirish va hosildorlikni oshirishga xizmat qilmoqda.

Mazkur ishlar deputatlar tomonidan ham doimiy nazoratga olingan bo’lib, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosi, fermerlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va aholini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash borasidagi ishlar izchil monitoring qilib borilmoqda. 

Slide 1 of 1