🔴Tashrif davomida mahalladagi mavjud muammolar va aholi tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan qat’iy deputatlik nazorati o‘rnatildi.
🔴Shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlariga doir 24 ta tavsiya asosida tizimli tahlillar olib borildi.
🔴Asosiy e’tibor “Mahalla yettiligi — Kengash — Senat” uch bo‘g‘inli hamkorlik tizimining samaradorligini yanada oshirish masalalariga qaratildi.
🔴Shu bilan birga, yettilik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning joylardagi ijro etilish holati atroflicha o‘rganildi.
🔴Mazkur jarayonlar mahallada boshqaruv tizimini takomillashtirish va aholi bilan aloqani mustahkamlash maqsadida tashkil etilmoqda.