Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#️⃣#️⃣deputatlik_faoliyati
янв.21
Muammoni tezkor bartaraf etish
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlari mahallalardagi ishlar samaradorligini oʻrganmoqda
янв.21
🌷DAYJEST. 12-maydan 15-mayqacha mahallalarda oʻrganishlar olib borildi.
янв.21
✅ Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
янв.21
fuqaro O.Antoshkinaning 2026-yil 6-maydagi 79516-s/26, 79518-s/26, 53009-s/26-sonli murojaatlari
янв.21
#️⃣ Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Qurilish, kommunal, suv xoʻjaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Yangihayotlik nuroniylar muborak Haj safariga yoʻl olmoqdalar
янв.21
#️⃣#️⃣ TABRIK #️⃣ OILA – MUQADDAS DARGOH, JAMIYAT TAYANCHI
янв.21
🌐 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlari D.Xursandova, N.Akbarov G.Djumaniyazovalar “Zarbdor” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, mahalla raisi va hokim yordamchisi bilan birgalikda muloqot oʻtkazildi.
Dasturlar ijrosi o'rganilmoqda

Xalq deputatlari Sh.Rashidov tuman Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi VII-17-169-3-46-K-sonli qarori bilan tasdiqlangan tumanda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha Kichik dastur ijrosi yuzasidan belgilangan loyihalarning amalga oshirilish holati Agrar, suv xo'jaligi va ekologiya masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi tomonidan atroflicha o‘rganildi.

Tumanning barcha hududlarida suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, jumladan tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish, ekin maydonlaridan samarali foydalanish hamda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadida 1911 gektar yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o'rganildi.

Slide 1 of 4