Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi raisi U.Salimov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.Muhammadiyevlar tomonidan “Ko‘kpatas” MFY hududida aholi va bolalar uchun yaratilgan sport inshootlari, umumta’lim maktabi sport zali hamda undagi sport anjomlarining mavjudligi va holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida:
✔ sport maydonchalari va ularning texnik holati;
✔ sport zallaridagi mavjud jihozlar;
✔ sport inventarlarining yetarlilik darajasi;
✔ yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ayrim sport anjomlarini yangilash, foydalanishga yaroqsiz jihozlarni ta’mirlash hamda yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.