Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Veoliya Tashkent MCHJ tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo’yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Moʻminova Zulfiya Mardanovna  ishtirokida boʻlib oʻtdi.
янв.21
1-Choshtepa saylov okrugi deputati X.Inogamov hamda 23-Binokor saylov okrugi deputati U.Nishanbekova hamkorligida tumanning “Binokor” mahallasida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi, Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi va Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi hamkorligida tadbir tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 13-Al-Fargʻoniy okrugi deputati Adolat SDP a’zosi Annaqulov Kamol Xasanovich faoliyati
янв.21
#️⃣#️⃣deputatlik_faoliyati
янв.21
“Yangihayot tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida” va “Xalq murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi tuman hokimining  axborotlari tinglandi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi “Yangihayot tumanini 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi II-24-145-14-220-K/25-son qaror ijrosi boʻyicha tuman hokimi oʻrinbosarlarining joriy yil birinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining navbatdagi 2-chaqiriq 30-sessiyasi
янв.21
Muammoni tezkor bartaraf etish
Kengash_faoliyati

🏛 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI – AMALDA

Mahalla yettiligi faoliyati amalda ko‘zdan kechirildi: "Navbahor" mfyda o‘rganishlar

"Navbahor" mahallasidagi tahliliy jarayonlarning davomi sifatida, xalq deputatlari Bandixon Kengashi deputati K.Amanqulovga biriktirilgan tuman Kengashi bosh mutaxassisi E.Eshonqulov mahalla yettiligining ish samaradorligini bevosita hududda o‘rgandi.

🔴Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.

🔴O‘rganish davomida Rais tomonidan fuqarolarning muammolari qanchalik tezkorlik va sifat bilan o‘rganilayotgani, ayniqsa, infratuzilma va ijtimoiy masalalardagi murojaatlarning amaliy yechimi o'rganildi.

🔴O‘rganish jarayonida mahalla raisiga hududning tartib-intizomini yanada yaxshilash, "xonadonbay" xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va aholi bilan qayta aloqani mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1