Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌷DAYJEST. 12-maydan 15-mayqacha mahallalarda oʻrganishlar olib borildi.
янв.21
✅ Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
янв.21
fuqaro O.Antoshkinaning 2026-yil 6-maydagi 79516-s/26, 79518-s/26, 53009-s/26-sonli murojaatlari
янв.21
#️⃣ Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Qurilish, kommunal, suv xoʻjaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Yangihayotlik nuroniylar muborak Haj safariga yoʻl olmoqdalar
янв.21
#️⃣#️⃣ TABRIK #️⃣ OILA – MUQADDAS DARGOH, JAMIYAT TAYANCHI
янв.21
🌐 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlari D.Xursandova, N.Akbarov G.Djumaniyazovalar “Zarbdor” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, mahalla raisi va hokim yordamchisi bilan birgalikda muloqot oʻtkazildi.
янв.21
xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
янв.21
🕯 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlari D.Xursandova, N.Akbarov G.Djumaniyazovalar “Fayzli” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, mahalla raisi, hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim bilan birgalikda muloqot oʻtkazildi.
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
Uzun tumanida deputatlik nazorati: Fermer xo‘jaliklari faoliyati o‘rganilmoqda

Uzun tumanida deputatlik nazorati: Fermer xo‘jaliklari faoliyati o‘rganilmoqda

Bugun, 14-may kuni Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi rahbarligida deputatlar guruhidan iborat ishchi guruh tomonidan navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish ishlari tuman Kengashi kotibiyatiga biriktirilgan “Nazarbek Erkin Oltin” fermer xo‘jaligida olib borildi. Jarayon davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

G‘alla va paxta maydonlaridagi agrotexnik tadbirlarning borishi;
Suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish;

Xo‘jalikda ishchi-xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar.

Deputatlar o‘rganish davomida xo‘jalik rahbari va a’zolari bilan muloqot qilib, hosildorlikni oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdilar.