Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
3-Yangi Darxon okrugi deputati Xudoyqulova Zulfizar Sayfiddin qizi tomonidan navbatdagi uchrashuv oʻtkazildi.
янв.21
🌐Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 8-Marhamat saylov okrugi deputati B.Mirzoqulovning navbatdagi oʻrganishi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatining navbatdagi oʻrganishi
янв.21
⁉️ Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Yangihayot tuman partiya tashkiloti raisi, Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi deputati N. Abdalimova tomonidan “Yoʻldosh” MFY profilaktika noziri ishtirokida fuqaro bilan yakka tartibda profilaktik suhbat oʻtkazildi.
янв.21
Yangi Gulzor mahallasidagi asfaltlash ishlari nazoratda
янв.21
"Mashʼal" mahallasida xotin-qizlarning muammolarini oʻrganish va ularga manzilli koʻmak berish
янв.21
Haftalik ish reja ijrosi
янв.21
deputat B.Erkaboyev faoliyati
янв.21
## Xotira — muqaddas, qadr — boqiy
янв.21
📢 Deputatlik nazorati: Saylovoldi va’dalar ijrosi amalda
XURSHIDI TOBON MFYDA MANZILLI O‘RGANISH O‘TKAZILDI

XURSHIDI TOBON MFYDA MANZILLI O‘RGANISH O‘TKAZILDI

🔹 Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hamda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, 9-Lo‘g‘on saylov okrugi deputati Diloromxon Toshboltayeva tomonidan Xurshidi Tobon MFY hududida manzilli o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🔍 O‘rganishlar davomida aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoya tizimi samaradorligi, ajratilayotgan kredit mablag‘larining manzilliligi hamda ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarga yaratilayotgan imkoniyatlar holati tahlil qilindi.

📝 Shuningdek, hududdagi mavjud muammolar va aholi murojaatlari o‘rganilib, mahalla hududidagi ta’mirtalab ichki yo‘llar, aholi soni ortib borayotgani sabab mavjud transformator punktini yuqori quvvatlisiga almashtirish zarurati hamda qo‘lbola tarzda o‘rnatilgan 10 dan ortiq simyog‘ochlarni beton tayanchlarga almashtirishga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.

✅ Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritishga kelishib olindi.

Slide 1 of 7