Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatining navbatdagi oʻrganishi
янв.21
⁉️ Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Yangihayot tuman partiya tashkiloti raisi, Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi deputati N. Abdalimova tomonidan “Yoʻldosh” MFY profilaktika noziri ishtirokida fuqaro bilan yakka tartibda profilaktik suhbat oʻtkazildi.
янв.21
Yangi Gulzor mahallasidagi asfaltlash ishlari nazoratda
янв.21
"Mashʼal" mahallasida xotin-qizlarning muammolarini oʻrganish va ularga manzilli koʻmak berish
янв.21
Haftalik ish reja ijrosi
янв.21
deputat B.Erkaboyev faoliyati
янв.21
## Xotira — muqaddas, qadr — boqiy
янв.21
📢 Deputatlik nazorati: Saylovoldi va’dalar ijrosi amalda
янв.21
‼️ TADBIRKORGA KO‘MAK – TUMAN RIVOJIGA HISSA
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-310-sonli qarori ijrosi
Davlat xizmatlari markazida huquqiy yordam ham yoningizda.
#tavsiyalar_asosida_dxm_huquqiy_yordam
Davlat xizmatlari markazida huquqiy yordam ham yoningizda.

Bugun Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassislari I. Ikromov va Z. Temirovalar markazdagi yangilik bilan tanishdi.

Bu yerda oddiy xizmatlar bilan bir qatorda, endi fuqarolar advokat va notarius xizmatidan ham joyida foydalanishi mumkin. Ya’ni, huquqiy masala bilan alohida idorama-idora yurish shart emas — hammasi bir joyning o‘zida hal bo‘ladi.

Kimdir maslahat so‘raydi, kimdir hujjatini tasdiqlatadi — eng muhimi, odamlar uchun vaqt ham, qulaylik ham tejaladi.

Bu tizimning yana bir kuchli tomoni shuki, fuqaroga tushunarli, sodda va tez ishlaydigan muhit yaratilgan. Ortiqcha rasmiyatchilik emas, bevosita natija.

O‘rganish davomida shu narsa yaqqol sezildi: markaz asta-sekin “xizmat joyi”dan ko‘ra, odamlar muammosini hal qiladigan real yordam nuqtasiga aylanib boryapti.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 4