Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🕯 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlari D.Xursandova, N.Akbarov G.Djumaniyazovalar “Fayzli” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, mahalla raisi, hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim bilan birgalikda muloqot oʻtkazildi.
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
Yangihayot tumanida 15-may — “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi
янв.21
3-Yangi Darxon okrugi deputati Xudoyqulova Zulfizar Sayfiddin qizi tomonidan navbatdagi uchrashuv oʻtkazildi.
янв.21
🌐Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 8-Marhamat saylov okrugi deputati B.Mirzoqulovning navbatdagi oʻrganishi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatining navbatdagi oʻrganishi
янв.21
⁉️ Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Yangihayot tuman partiya tashkiloti raisi, Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi deputati N. Abdalimova tomonidan “Yoʻldosh” MFY profilaktika noziri ishtirokida fuqaro bilan yakka tartibda profilaktik suhbat oʻtkazildi.
янв.21
Yangi Gulzor mahallasidagi asfaltlash ishlari nazoratda
янв.21
"Mashʼal" mahallasida xotin-qizlarning muammolarini oʻrganish va ularga manzilli koʻmak berish
янв.21
Haftalik ish reja ijrosi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati E.Erkaboyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktyabrda qabul qilingan “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi O‘RQ–642-son Qonunining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mazkur qonunning ahamiyati, ona suti bilan oziqlantirishning bola salomatligi va rivojlanishidagi o‘rni, go‘daklar hamda kichik yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘yilgan talablar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, qonunda belgilangan me’yorlarga rioya qilish, yosh onalar o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish hamda bolalar salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham fikr almashildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar va deputat tomonidan tegishli javob hamda tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4