Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
deputat B.Erkaboyev faoliyati
янв.21
## Xotira — muqaddas, qadr — boqiy
янв.21
📢 Deputatlik nazorati: Saylovoldi va’dalar ijrosi amalda
янв.21
‼️ TADBIRKORGA KO‘MAK – TUMAN RIVOJIGA HISSA
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-310-sonli qarori ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Dadabayev va Yangihayot tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʻnaviy maʻrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari A.Xatamov bilan birgalikda “Doʻstlik" MFY binosida sayyor qabul oʻtkazildi.
янв.21
#️⃣ Deputat nazorati natija berdi: "Marhamat" mahallasidagi muammolar bartaraf etildi
янв.21
⁉️ Deputat so‘rovi nazoratda: “Navqiron” mahallasidagi muammolar bartaraf etilmoqda
янв.21
“Xalq bilan birga” umummilliy dasturiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYaLAR FAOLIYaTIDA YaNGI BOSQICh: QARORLARNING HAYOTIYLIGINI TAʻMINLASH USTUVOR VAZIFA
Humo mahallasida kommunal xizmatlar holati o‘rganildi

Humo mahallasida kommunal xizmatlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudoyqulova Nargiza G‘aybullayevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanovalar tomonidan “Humo” mahallasi hududida istiqomat qiluvchi aholi uchun yaratilgan kommunal sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida xonadonlarning issiq va sovuq suv bilan ta’minlanganligi, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan bog‘liq masalalar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aholi bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud muammo va takliflar tinglandi.

Monitoring davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va hududdagi ijtimoiy muammolarni tizimli hal etishga qaratilgan bunday ishlar aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 5