📌 Ta’lim maskanida ochiq muloqot o‘tkazildi
👥 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi raisi O. Tursunov hamda “Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari G. Amirova tomonidan “Boyqishloq” mahallasi hududidagi 65-son umumiy ta’lim maktabi jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🏫 Uchrashuv davomida maktab jamoasi hamda o‘quvchi yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi.
💬 Muloqot jarayonida ta’lim sifati, yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
📊 Shuningdek, o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish, pedagoglar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlarni yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Uchrashuv yakunida bildirilgan taklif va mulohazalar asosida aniq chora-tadbirlar belgilanishi ta’kidlandi.