Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 Deputatlik nazorati: Saylovoldi va’dalar ijrosi amalda
янв.21
‼️ TADBIRKORGA KO‘MAK – TUMAN RIVOJIGA HISSA
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-310-sonli qarori ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Dadabayev va Yangihayot tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʻnaviy maʻrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari A.Xatamov bilan birgalikda “Doʻstlik" MFY binosida sayyor qabul oʻtkazildi.
янв.21
#️⃣ Deputat nazorati natija berdi: "Marhamat" mahallasidagi muammolar bartaraf etildi
янв.21
⁉️ Deputat so‘rovi nazoratda: “Navqiron” mahallasidagi muammolar bartaraf etilmoqda
янв.21
“Xalq bilan birga” umummilliy dasturiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYaLAR FAOLIYaTIDA YaNGI BOSQICh: QARORLARNING HAYOTIYLIGINI TAʻMINLASH USTUVOR VAZIFA
янв.21
9 MAY – XOTIRA VA QADRLASh KUNI: FAXRIYLAR E’ZOZDA 💥
янв.21
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Yangihayot tuman partiya tashkiloti raisi, Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi deputati N. Abdalimova tomonidan “Yoʻldosh” mahalla fuqarolar raisi N.Pirmatova, xotin qizlar faoli va profilaktika inspektori bilan suhbat oʻtkazildi. 📈 Suhbat davomida koʻrilgan masalalar:
#deputat_soʻrovi

Tasdiqlangan ish reja asosida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 2-Aleli saylov okrugidan saylangan deputat Z.Shomurodova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov, bosh mutaxassis R.Murodovlar hamkorligida “Aleli” mahallasi hududida yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgan sport majmuasi faoliyati o‘rganildi.

✔️O‘rganish jarayonida sport majmuasida bir qator muammolar mavjudligi aniqlandi. Jumladan, sport zalida yuqori malakali murabbiylar yetishmasligi, zarur sport jihozlari bilan to‘liq ta’minlanmaganligi, majmuaning saqlash xarajatlari davlat tomonidan qoplab berilmayotgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, qorovul, xizmatchilar hamda farroshlar uchun shtat birliklari ajratilmagani ham aniqlangan.

✔️Mazkur muammolar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish maqsadida tuman hokimining o‘rinbosari nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 5