Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 Deputatlik nazorati: Saylovoldi va’dalar ijrosi amalda
янв.21
‼️ TADBIRKORGA KO‘MAK – TUMAN RIVOJIGA HISSA
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-310-sonli qarori ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Dadabayev va Yangihayot tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʻnaviy maʻrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari A.Xatamov bilan birgalikda “Doʻstlik" MFY binosida sayyor qabul oʻtkazildi.
янв.21
#️⃣ Deputat nazorati natija berdi: "Marhamat" mahallasidagi muammolar bartaraf etildi
янв.21
⁉️ Deputat so‘rovi nazoratda: “Navqiron” mahallasidagi muammolar bartaraf etilmoqda
янв.21
“Xalq bilan birga” umummilliy dasturiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYaLAR FAOLIYaTIDA YaNGI BOSQICh: QARORLARNING HAYOTIYLIGINI TAʻMINLASH USTUVOR VAZIFA
янв.21
9 MAY – XOTIRA VA QADRLASh KUNI: FAXRIYLAR E’ZOZDA 💥
янв.21
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Yangihayot tuman partiya tashkiloti raisi, Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi deputati N. Abdalimova tomonidan “Yoʻldosh” mahalla fuqarolar raisi N.Pirmatova, xotin qizlar faoli va profilaktika inspektori bilan suhbat oʻtkazildi. 📈 Suhbat davomida koʻrilgan masalalar:
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining 2026-yil 4-maydan 8-maygacha bo'lgan haftalik ish rejasi.

XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 

2026-yil 4-maydan 8-maygacha bo'lgan haftalik ish rejasi.

🌐 Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi deputatlari tomonidan haftalik ish rejasi asosida hududlarda oʻrganishlar olib borilmoqda.

 mahallalarda oʻrganishlar oʻtkazish, uchrashuvlar tashkil etish, aniqlangan kamchiliklar va muammoli masalalar yuzasidan tegishli masʼullar bilan birga hal qilish choralarini koʻrishlik rejalashtirilgan.

🔠 Mazkur navbatdagi haftalik ish reja doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli oʻrganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilishi belgilangan. Ushbu faoliyatlar joylardagi dolzarb masalalarni aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan.

🗓️ 4️⃣➖ seshanba kuni deputat Matg'oziyev Olimjon Qobulovich tomonidan oʻz saylangan okrugi hududida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yoʻnalishi asosida hududiy oʻrganishlarni amalga oshirish.

Kotibiyatdan masʼul: G'ulomov Muhammadali Kozimjon o'g'li

🗓️ 5️⃣➖ seshanba kuni xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi Mahalliy budjet tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiy isloxotlar bo'yicha doimiy komissiyaning tanqidiy va tahliliy majlisini o'tkazish.

Kotibiyatdan masʼul: Shamsiddinov Shohbozbek Shavkatbek o'g'li

🗓️ 6️⃣➖ chorshanba kuni deputat oʻz saylangan okrugi hududida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yoʻnalishi asosida hududiy oʻrganishlarni amalga oshiradi. Shuningdek, hududda mikroloyihalar bilan tanishish rejalashtirildi.

Kotibiyatdan masʼul: G'ulomov Muhammadali Kozimjon o'g'li

🗓️ 7️⃣➖ payshanba kuni tumanni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha Yangi O'zbekiston dasturi loyihasi hamda og'ir mahalla dasturiga tushgan hududlarda olib borilayotgan ishlar asosida hududiy oʻrganishlarni amalga oshirish rejalashtirildi.

Kotibiyatdan masʼul: Shamsiddinov Shohbozbek Shavkatbek o'g'li

🗓️8️⃣➖ juma kuni deputatlar tomonidan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari mahalla yettiligi bilan oʻzaro hamkorligini yanada kuchaytirish oʻz okrugida “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv oʻtkazish va ularning faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan davra suhbati oʻtkazish.

Kotibiyatdan masʼul:G'ulomov Muhammadali Kozimjon o'g'li

🗓️ Shuningdek, hafta davomida Kengash raisi, tuman hokimi va kotibiyat mudirining bevosita saylov okrugidagi deputatlik faoliyati yuzasidan maʼlum vazifalar belgilab olindi.

➡️ Oʻrganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik soʻrovlari yuborilib, ularning ijrosi ustidan qatʻiy nazorat oʻrnatiladi. 

➡️ Olingan natijalar tahlil qilinib, kelgusi haftaning ustuvor vazifalari shakllantiriladi.

➡️ Belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va samurali ijrosini taʻminlash xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

➡️Olib borilayotgan tizimli ishlar orqali aholining muammolarini hal etish, ochiq muloqotni taʻminlash hamda samarali deputatlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishga alohida eʻtibor qaratilmoqda.

Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Sh.Shamsiddinov M.G'ulomov

BIZNI IJTIMOIY TARMOQLARDA KUZATING;

📱 Web.sayt (http://kengash.gov.uz/) 📱 Telegram (http://t.me/kengash_buloqboshi) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/) 📱 Youtube (https://www.youtube.com/@Kengash_Buloqboshi) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/@Kengash_buloqboshi)