O‘rganish jarayonida doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov ishtirok etib, muassasada korrupsiyaning oldini olish, uning sabab va sharoitlarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Deputat tomonidan hujjatlar yuritilishi, ichki nazorat tizimi, xodimlar o‘rtasida profilaktik tushuntirish ishlari hamda ochiqlikni ta’minlashga qaratilgan choralar atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish yakunida muassasa xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№ O‘RQ-576, 29.10.2019) mazmun-mohiyati, amaldagi qonunchilik talablari hamda ularning amaliy ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berdi.