Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Mashʼal" mahallasida xotin-qizlarning muammolarini oʻrganish va ularga manzilli koʻmak berish
янв.21
deputat B.Erkaboyev faoliyati
янв.21
## Xotira — muqaddas, qadr — boqiy
янв.21
📢 Deputatlik nazorati: Saylovoldi va’dalar ijrosi amalda
янв.21
‼️ TADBIRKORGA KO‘MAK – TUMAN RIVOJIGA HISSA
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-310-sonli qarori ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Dadabayev va Yangihayot tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʻnaviy maʻrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari A.Xatamov bilan birgalikda “Doʻstlik" MFY binosida sayyor qabul oʻtkazildi.
янв.21
#️⃣ Deputat nazorati natija berdi: "Marhamat" mahallasidagi muammolar bartaraf etildi
янв.21
⁉️ Deputat so‘rovi nazoratda: “Navqiron” mahallasidagi muammolar bartaraf etilmoqda
янв.21
“Xalq bilan birga” umummilliy dasturiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala

Kun tartibidagi ikkinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF–87-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan .Angor tuman xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Normurodova Muqaddas Po‘latovnaning hisoboti eshitildi. Ma’lum qilinishicha, tumanda 26 223 ta xonadonda 37 515 ta oila istiqomat qilib, jami aholi soni 147 765 nafarni tashkil etadi. Shundan 73 777 nafari xotin-qizlardir. Mehnatga layoqatli ayollar soni 32 174 nafar bo‘lib,6 583 nafari iqtisodiyot tarmoqlarida, 14 760 nafari norasmiy sektorda band. Joriy yilning 3 oyi davomida 360 nafar xotin-qiz kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitildi.72 nafar ishsiz xotin-qizning bandligi ta’minlandi.Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 50 nafar ehtiyojmand xotin-qizlar uchun dam olish, psixologik yordam va motivatsion seminarlar tashkil etildi.Oilaviy masalalar bo‘yicha 2026-yil boshidan 43 ta ajrim qayd etilgan.

▪️ 34 ta oilaviy nizolar bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan

▪️ 11 ta oila yarashtirilgan

▪️ Ajrim yoqasidagi 98 ta oilani yarashtirishga erishilgan

▪️ 25 ta oilaga muhlat berilgan

Mazkur ko‘rsatkichlar asosida tumanda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta’minlash borasida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.