Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahalla yettiligi”– Kengash – Senat” uch boʻgʻinli hamkorlik tizimi samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyaning faoliyati
янв.21
“Xotira muqaddas” “Xotira sharaf”
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 7-“Oriyat” okrugi deputati, Adolat SDP aʻzosi B.Qobiljonov oʻz okrugida
янв.21
🕯 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 4-Tashabbus okrugi deputati, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi aʼzosi X.Tillayev tumanning “Yangi Umid” MFY hududida 24 talik tavsiyalar asosida oʻrganish oʻtkazdi.
янв.21
xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati U.Aripova oʻz okrugida boʻlib, “Yangi turmush” mahalla fuqarolari yigʻini raisi ishtirokida hududda 24 talik tavsiyalar asosida oʻrganish oʻtkazdi
янв.21
Kengash deputatlarining MAY oyida oʻz saylovchi va okrukdagi muammolarni oʻrganish yuzasidan belgilangan uchurashuv grafigi bilan tanishing.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 10-Zarbdor okrugi deputati G.Djumaniyazova va deputat G.Muradova faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining joriy yil 27-apreldan 1-mayqacha belgilangan Haftalik ish rejasi SARHISOB qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlarining 2026-yil 4-maydan 8-mayqacha haftalik ish rejasi
Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi


Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi bilan hamkorlikda xalq deputatlari viloyat hamda tuman Kengashlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, deputatlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligini oshirish hamda aholi bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar davomida mahalliy Kengashlar faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, axborotlarni tezkor va ishonchli yetkazish, zamonaviy media vositalardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, deputatlar va Kengash kotibiyati xodimlariga ijtimoiy tarmoqlarda sifatli kontent tayyorlash, rasmiy postlar yozish hamda jamoatchilik bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Ta’kidlanganidek, ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, fuqarolar bilan samarali aloqa o‘rnatish hamda deputatlik faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazishda muhim platforma hisoblanadi.

Seminar-trening yakunida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, kelgusida mahalliy Kengashlar faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda yanada faol va tizimli yoritish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirdilar

Slide 1 of 4