Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📣 XUSHXABAR: “Yangi Choshtepa” mahallasida zamonaviy sayilgoh barpo etiladi!
янв.21
📣 DEPUTAT SO‘ROVI: KANALLARDAGI AChINARLI HOLAT VA EKOLOGIK MUAMMOLAR NAZORATGA OLINDI
янв.21
DEPUTAT SOʻROVi
янв.21
🤝 Hamkorlik va shaffoflik — mahalla ravnaqi garovi!
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O'RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
🏠 Ko‘p qavatli uylar holati va aholi murojaatlari e’tibor markazida!
янв.21
7-“Oriyat” okrugi deputati B.Qobiljonov tomonidan fuqarolar murojatlari yuzasidan oʻz okrugida oʻrganish oʻtkazildi.
янв.21
MAHALLA YeTTILIGI BILAN HAMKORLIK — AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETIShNING ASOSIY OMILI
янв.21
🌐 Yangihayot tumanida Koʻp kvartirali uylarga xizmat koʻrsatish sifati nazoratda.
янв.21
“Yangi umid” MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqaro murojaati koʻrib chiqildi
Hududdan murojaatlar - deputat uchrashuvi davom etayapti

 Ijtimoiy ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari berilayapti. Mana shunday oilalardan birining vakilasi – murojaat qilgan Yakkatut qishlog‘ida yashovchi fuqaro Xabibaxon Sulaymonova holidan ham xabar olindi. Ehtiyojmand fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga imkon qadar dori-darmon uchun mablag‘ ham berildi. 

Eng muhimi: deputat okrugidagi “Zig‘ir” hamda “Yakkatut” mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari bevosita ishtirokida hududdagi yangilanayotgan Oilaviy shifokorlik poliklinikasining
qurilish ishlarini yanada jaddalashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.
 

📌Shu o‘rinda “Madad” NNT haqida qisqacha tushuncha: mamlakatimizda fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish va aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada
takomillashtirish maqsadida “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etilgan. “Madad” NNT mas’ul xodimlari murojaat qiluvchilarga huquqiy masalalar bo'yicha
maslahat va tushuntirishlar berish, shuningdek tegishli huquqiy hujjatlar namunalarini taqdim etish yoki bunday hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ko‘maklashish orqali bepul yuridik yordamlar ko‘rsatadi.
 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1