Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📣 XUSHXABAR: “Yangi Choshtepa” mahallasida zamonaviy sayilgoh barpo etiladi!
янв.21
📣 DEPUTAT SO‘ROVI: KANALLARDAGI AChINARLI HOLAT VA EKOLOGIK MUAMMOLAR NAZORATGA OLINDI
янв.21
DEPUTAT SOʻROVi
янв.21
🤝 Hamkorlik va shaffoflik — mahalla ravnaqi garovi!
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O'RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
🏠 Ko‘p qavatli uylar holati va aholi murojaatlari e’tibor markazida!
янв.21
7-“Oriyat” okrugi deputati B.Qobiljonov tomonidan fuqarolar murojatlari yuzasidan oʻz okrugida oʻrganish oʻtkazildi.
янв.21
MAHALLA YeTTILIGI BILAN HAMKORLIK — AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETIShNING ASOSIY OMILI
янв.21
🌐 Yangihayot tumanida Koʻp kvartirali uylarga xizmat koʻrsatish sifati nazoratda.
янв.21
“Yangi umid” MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqaro murojaati koʻrib chiqildi
Baxmal tumanidagi "Usmat dehqon bozori"da oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligi o‘rganildi.

📍 Baxmal tumanidagi "Usmat dehqon bozori"da oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi "Usmat dehqon bozori"da aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan asosiy turdagi mahsulotlarning narx-navosi va ularning zaxirasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

🔍 O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:

✅ Go‘sht, un, yog‘, shakar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining sun’iy ravishda oshib ketmasligi;

✅ Bozordagi mahsulotlarning sifati va sanitariya talablariga javob berishi;

✅ Aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar zaxirasining yetarliligi.

Deputatlar sotuvchilar va xaridorlar bilan muloqot qilib, narxlarni asossiz oshirmaslik bo‘yicha tavsiyalar berdilar. 

Maqsad — xalqimizning kundalik ehtiyojlarini qondirish va bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashdir.

Baxmal tumani — xalq manfaati yo‘lida!

Slide 1 of 3