Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📣 XUSHXABAR: “Yangi Choshtepa” mahallasida zamonaviy sayilgoh barpo etiladi!
янв.21
📣 DEPUTAT SO‘ROVI: KANALLARDAGI AChINARLI HOLAT VA EKOLOGIK MUAMMOLAR NAZORATGA OLINDI
янв.21
DEPUTAT SOʻROVi
янв.21
🤝 Hamkorlik va shaffoflik — mahalla ravnaqi garovi!
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O'RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
🏠 Ko‘p qavatli uylar holati va aholi murojaatlari e’tibor markazida!
янв.21
7-“Oriyat” okrugi deputati B.Qobiljonov tomonidan fuqarolar murojatlari yuzasidan oʻz okrugida oʻrganish oʻtkazildi.
янв.21
MAHALLA YeTTILIGI BILAN HAMKORLIK — AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETIShNING ASOSIY OMILI
янв.21
🌐 Yangihayot tumanida Koʻp kvartirali uylarga xizmat koʻrsatish sifati nazoratda.
янв.21
“Yangi umid” MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqaro murojaati koʻrib chiqildi
Deputat so‘rovi natija berdi

Deputat so‘rovi natija berdi

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M. Eshniyozov tomonidan ko‘tarilgan muammolar o‘z yechimini topdi.

Navoiy shahridagi Ibn Sino ko‘chasida joylashgan yotoqxonalarda yuqori qavatlarga ichimlik suvi chiqmasligi aholini uzoq vaqtdan beri qiynab kelayotgan edi. Masala o‘rganilib, nasos uskunalari orqali 7–8-qavatlarga suv yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, yotoqxonadagi yuvinish xonalari bo‘yicha ham aniqlik kiritildi: ular faqat birinchi qavatda emas, balki yuqori qavatlarda ham faoliyat yuritmoqda.

Yana bir muhim jihat — 2026 yilning ikkinchi yarmida mazkur yotoqxonalarda yuvinish xonalarini ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Deputat so‘rovi orqali ko‘tarilgan masalalar e’tiborsiz qolmadi va amalda ijobiy o‘zgarishlar boshlandi.

Slide 1 of 2