🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich tomonidan hududda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar o‘rganildi.
🤝 Ushbu jarayonda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari M.Djangabaev hamda ekspert guruhi a’zolari A.Matniyazov va M.Mamutovlar ishtirok etdi.
🏢 Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida:
▪️ aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi
▪️ mavjud imkoniyatlar va muammolar tahlil qilindi
“Surxon tekstil” MChJda:
▪️ mavjud bo‘sh ish o‘rinlari o‘rganildi
▪️ ishga joylashtirish imkoniyatlari baholandi
▪️ 12 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi ta’minlanganligi qayd etildi
Tadbirkor Rustam Urazimbetov faoliyati bilan tanishish davomida:
▪️ 2 nafar fuqaroga hunar o‘rgatish orqali ish bilan ta’minlash ishlari olib borilayotgani
▪️ termopanel, gazoblok, penoblok kabi qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani o‘rganildi
📈 Shu bilan birga:
👉 tadbirkorlikni rivojlantirish
👉 mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishga kelishildi
👉 bandlik — aholi farovonligining asosi
👉 har bir ish o‘rni — bir oilaning daromadi
👉 tadbirkorlik — barqaror rivojlanish kaliti