Yo‘l va kanalizatsiya muammolari o‘rganildi
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Dilnoza Musayeva Yunusobod mahallasiga tashrif buyurib, hududdagi mavjud muammolarni joyida o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahalla ichki yo‘llarining holati, aholi harakatlanishi uchun qulayliklar, shuningdek, kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fuqarolar murojaatlari tinglandi.
Deputat tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish hamda mavjud masalalarga qonuniy yechim topish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.
Mahallalarda aholining turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilma muammolarini bosqichma-bosqich hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Bizni kuzatishda davom eting!
🌐 Telegram