📌Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati - tuman hokimi X.Suvonov tomonidan Shodlik mahallasi Sirg‘ali qishlog‘ida aholi murojaatlari hamda hududdagi infratuzilma bilan bog‘liq masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
📄O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar tinglandi. Xususan kommunal xizmatlar sifati, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.
Aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish maqsadida tegishli soha mutasaddilariga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosini nazoratga olish belgilandi. Shuningdek,
murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli hal etish bo‘yicha mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.