Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
янв.21
⁉️ Xavfsiz mahalla – yurt osoyishtaligi garovi:
янв.21
13-Al-Fargʻoniy okrugi deputati Annaqulov Kamol Xasanovich o`z hududida
янв.21
“Salar” oqova suv tozalash inshootida o’rganish
янв.21
🌐 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati X.Tillayev faoliyati toʻgʻrisida
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI. Xudayqulova Zulfizar Sayfiddin qizi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining navbatdagi 29-sessiyasi
янв.21
📈deputatlar_nazorati
янв.21
📈Saylovchilar murojaati — nazoratda: Yangihayot tumanida suv quvuridagi nosozlik bartaraf etilmoqda
Doimiy komissiyada favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalasi muhokama qilindi

Doimiy komissiyada favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalasi muhokama qilindi

 🇺🇿 Bugun xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning III chaqiriq 28-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan muhim masalalardan biri — 2026-yil I choragi davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidagi masala ko‘rib chiqildi.

 🦅 Mazkur masala yuzasidan Uchtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Ozodjon Jumayev tomonidan hisobot taqdim etildi. Hisobotda tumanda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha yoritib berildi.

 📊 Shuningdek, so‘nggi 5 yil davomida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, yong‘inlar, gaz-havo aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanish kabi baxtsiz hodisalar tahlil qilinib, 60 ta mahalla Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining professor-o‘qituvchilari va olimlari tomonidan chuqur o‘rganib chiqilgani ta’kidlandi. O‘rganishlar natijasida har bir mahalla kesimida aniq “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor chora-tadbirlar belgilab olindi.

 🗣 Mahallalar ilmiy-texnik yondashuv asosida xavf indikatorlariga ko‘ra toifalarga ajratildi. Jumladan, 10 ta mahalla (16,6 foiz) “qizil”, 19 ta mahalla (31,6 foiz) “sariq” hamda 31 ta mahalla (51,8 foiz) “yashil” toifaga kiritildi. Ushbu tasnif hududlarda xavfsizlik darajasini baholash hamda manzilli profilaktika ishlarini tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 💬 Doimiy komissiya raisi Avaz Xudayberganov hamda komissiya a’zolari — K.Abdullayeva, S.Djalalov, A.Narziyev hamda F.Abdullayevlar hisobotni tinglab, o‘z saylov okruglarida uchrayotgan muammolar va tumandagi boshqa dolzarb masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar. Savol-javoblar jarayonida mavjud kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

 📱 Komissiya yig‘ilishi Zoom platformasi orqali tashkil etilib, unda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, bosh mutaxassislar U.Abilov va Z.Kuziyevalar ham ishtirok etdilar.

 📝 Muhokamalar yakunida barcha deputatlar tomonidan mazkur masalani sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan bir ovozdan qaror qabul qilindi.

 ✅ Mazkur jarayon hududda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, tizimli ishlarni yanada kuchaytirish hamda aholining hayoti va sog‘lig‘ini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5