Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI. Mirzoqulov Baxtiyor Tolibovich
янв.21
Yangihayot tumanida 18-aprel — “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
янв.21
#️⃣ "20-Doʻstlik" okrugi deputati I.Xudaykulov tomonidan ekspertlar ishtirokida o`rganish o`tkazildi
янв.21
2-Yangi Choshtepa okrugi deputati Muradova Gulnara Mirzaxmatovna oʻz okrugida
янв.21
💎 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati Xakimov Ulugbek Asatullayevich faoliyati toʻgʻrisida
янв.21
“Sadir Ota” joʻme masjidining oldidan oʻtuvchi Junariq kanalidagi sunʻiy inshoat (koʻprik)
янв.21
20-apreldan 24-aprelqacha. Haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati S.Saifnazarov, Yangihayot tumani Kengashining Do`stlik okrugi deputati I.Xudaykulov va Charog`on okrugi deputati G.Raxmanqulovalar tomonidan o`z saylovchilariga axborot taqdim etdi.
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI. Aripova Umida Djangirovna
янв.21
Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati
Jo'qorg'i Kengesi deputati va tuman Kengashi deputatlari faoliyati va tashabbuslari yoritildi

 Bugungi shiddat bilan o‘zgarayotgan zamonda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olib, yangi taraqqiyot bosqichini boshlab bermoqda. Ushbu jarayonlar nafaqat davlat boshqaruvi, balki siyosiy institutlar, xususan, siyosiy partiyalar zimmasiga ham ulkan mas’uliyat yuklamoqda. Bugungi kunning ustuvor talabi — aholi bilan yaqin muloqot o‘rnatish, odamlarni qiynayotgan muammolarga tezkor va eng muhimi, amaliy yechim topishdan iboratdir. Ana shunday ezgu maqsad yo‘lida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan ilgari surilgan “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi mamlakatimizdagi yangilanishlar jarayonini yanada chuqurlashtirishga xizmat qilayotgan muhim tashabbus bo‘lmoqda. 

Yurtimizning barcha hududlarida ushbu dastur doirasida targ‘ibot va amaliy ishlar izchillik bilan olib borilmoqda. Eng e’tiborli jihati
shundaki, dastur qabul qilinganidan so‘ng uning ijrosiga zudlik bilan kirishildi. Bu esa partiyaning so‘zdan amaliyotga o‘tish tamoyiliga qat’iy amal qilayotganidan dalolat beradi. Bugun O‘zLiDeP faollari, deputatlar va ko‘ngilli volontyorlar mahallabay ishlash tizimi asosida eng chekka hududlarga, har bir xonadonga kirib bormoqda.
 

Xususan, Amudaryo tumanida ham “Xalq bilan birga” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq. Tumanning Beruniy
va Durunki mahallalarida “Farovonlikka tomon ilk qadam” mavzusida o‘tkazilgan muhokamalar aholi bilan ochiq va samarali muloqotning yorqin namunasi bo‘ldi.
 

Mazkur tadbirlarda partiya vakillari, deputatlar va jamoatchilik faollari ishtirok etib, yoshlar va xotin-qizlarni qiynayotgan masalalarni atroflicha
tahlil qildilar. Uchrashuvda partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi mas’ullari, tuman Kengashi apparat rahbari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yaxshimurod Ahmedov, partiyadan saylangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Ilhom Polvonov hamda mahalliy kengash deputatlari Madamin Kazakov va Sayyora Jumamurotovalar ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tingladilar.
 

Muhokamalar davomida asosiy e’tibor har bir mahallaning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, mavjud muammolar xaritasini shakllantirishga
qaratildi. Muloqotlar davomida aholining kasb-hunarga o‘qishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish va qayta tayyorlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, ijtimoiy masalalar ham e’tibordan chetda qolmadi. Masalan, O‘rta qal’a ovulida istiqomat qiluvchi aholi tomonidan bolalar maydonchasi qurish va ichki yo‘llarni ta’mirlash kabi dolzarb
masalalar ko‘tarildi.
 

Partiyaning inson kapitaliga bo‘lgan e’tibori Durunki mahallasidagi 56-sonli maktabda o‘tkazilgan uchrashuvda yana bir bor namoyon bo‘ldi. Tadbirning eng quvonarli jihati shundaki, maktab o‘quvchilari uchun Xonimjon Rajapova tomonidan “Deputat stipendiyasi” joriy etildi. Ushbu tashabbus orqali a’lo baholarda o‘qiyotgan, biroq ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash va ularni bilim olishga yanada ruhlantirish maqsad qilingan. Uchrashuvda so‘zga chiqqan Jo‘qorg‘i Kenges deputati Ilhom Polvonov va boshqa xalq vakillari yoshlar ta’limi kelajak taraqqiyotining mustahkam poydevori ekanini alohida ta’kidladilar. Bu kabi xayrli ishlar partiyaning nafaqat siyosiy, balki ijtimoiy mas’uliyatni ham teran his etishini ko‘rsatadi. 

Shuningdek, partiya tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan “Bir oila — bir homiy” aksiyasi doirasidagi ishlar ham yurtdoshlarimiz tomonidan
mamnuniyat bilan kutib olinmoqda. Aksiya doirasida deputat Ilhom Polvonov Tosh yop ovulida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila holidan xabar oldi. Oilaning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida, xonadon sohiblarining qizi — Malohatning tibbiyot sohasida ta’lim olish orzusi qo‘llab-quvvatlandi. Deputat talaba qizning kontrakt to‘lovini to‘lab berish vazifasini o‘z zimmasiga oldi. Bunday olijanob qadamlar faqatgina moddiy yordam berish emas, balki insonlarning bilim olishi va kasb-hunar egallashiga sharoit yaratish orqali ularning hayotda o‘z o‘rinlarini
topishlariga ko‘maklashishdek xayrli maqsadlarga xizmat qiladi.
 

Xulosa qilib aytganda, “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida qilinayotgan har bir ish O‘zLiDePning xalq manfaatlarini ustuvor deb bilishining amaliy tasdig‘idir. Partiya tomonidan ko‘rsatilayotgan bu kabi tashabbuslar har bir fuqaroning hayotida ijobiy o‘zgarishlar yasashga, jamiyatda ijtimoiy adolatni qaror toptirishga xizmat qiladi. Zero, xalq bilan tillasha olgan, uning dardiga malham bo‘la olgan siyosiy kuchgina jamiyatning chinakam tayanchiga va yetakchisiga aylanadi. Bunday izchil sa’y-harakatlar nafaqat partiyaning nufuzini oshiradi, balki mamlakatimizning yanada gullab-yashnashi va farovonligiga qo‘shilgan salmoqli hissa bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 1