KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — HAR BIRIMIZNING BURCHIMIZ!
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (https://lex.uz/ru/docs/3088008?ONDATE=26.02.2025) Qonuni korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi asosiy huquqiy hujjatlardan biri hisoblanadi.
Qonunning asosiy maqsadi — korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdir.
Korrupsiya nima?
Korrupsiya — mansab yoki xizmat vakolatidan shaxsiy manfaat yo‘lida noqonuniy foydalanish yoki bunday nafni berishdir.
Asosiy prinsiplari:
• qonuniylik
• ochiqlik va shaffoflik
• fuqarolar huquqlarining ustuvorligi
• javobgarlikning muqarrarligi
• davlat va jamiyat hamkorligi
Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlar:
• Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
• Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
• Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
• Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
Davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari:
aholining huquqiy madaniyatini oshirish
korrupsiyaning oldini olish
huquqbuzarliklarni aniqlash va jazolash
sabab va sharoitlarni bartaraf etish
Unutmang!
Korrupsiyaga oid har qanday huquqbuzarlik uchun javobgarlik muqarrar!