Hududiy o‘rganishlar olib borildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri hamda bosh mutaxassis K.Abdullayeva ishtirokida hududlarda o‘rganish ishlari tashkil etildi.
O‘rganish davomida bir qator muhim masalalarga e’tibor qaratildi:
Mahalla yettiligi faoliyati
13-Mehnatobod saylov okrugidan saylangan deputat N.Ilmurodovaning faoliyati sustligi sababli, “Jo‘yjangal” mahallasida mahalla yettiligining deputat bilan hamkorligi, mavjud muammolarni hal etishdagi ishtiroki hamda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Yo‘l infratuzilmasi va obodonlashtirish ishlari
Hududdagi ichki yo‘llarda amalga oshirilgan asfaltlash ishlari, obodonlashtirish jarayonlari bilan yaqindan tanishilib, bajarilgan ishlarning sifati va holati o‘rganildi.
Hududlarda olib borilayotgan o‘rganishlar aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni samarali hal etishga xizmat qilmoqd