Murojaatlar asosida muammo bartaraf etildi.
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati K.Abdullayeva hamda bosh mutaxassis T.Murodov ishtirokida deputat saylangan hudud aholisi tomonidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilgan edi.
O‘rganish jarayonida Nurafshon MFY hududidan o‘tuvchi kanal suv bosimiga dosh berolmay, suvning ko‘chalarga toshib ketgani aniqlangan edi. Mazkur holat yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rildi hozirda yo‘llardan harakatlanish barqarorlashgan.
Hududda aniq amalga oshirilgan ishlar natijasida kanal holati tartibga keltirilib, suv toshishi muammosi to‘liq bartaraf etildi.