Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati S.Saifnazarov, Yangihayot tumani Kengashining Do`stlik okrugi deputati I.Xudaykulov va Charog`on okrugi deputati G.Raxmanqulovalar tomonidan o`z saylovchilariga axborot taqdim etdi.
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI. Aripova Umida Djangirovna
янв.21
Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Qurilish, kommunal, suv xoʻjaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Shuhrat Sirojiddinov tomonidan 2026-yilning dastlabki choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot taqdim etildi
янв.21
💎 Qurilish, kommunal, suv xoʻjaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi faoliyati
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish va aholi bandligini taʻminlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va masʻuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 20-dekabrdagi PF–223-son Farmoni ijrosini taʻminlash maqsadidagi oʻrganish
янв.21
#deputatlar_nazorati va murojaatlar ijrosi
янв.21
Magʻrib koʻchasi boʻylab oʻtadigan kanal
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
Sayyor qabul natijasi - muammolar joyida tahlil qilindi va takliflar berildi

Sayyor qabul natijasi - muammolar joyida tahlil qilindi va takliflar berildi

Davlatobod MFYda o‘tkazilgan sayyor qabulda 490-sonli DMTTdagi mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi.

Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi deputati, Kengash raisi Jafar Ismanovning “Davlatobod” MFYda o‘tkazilgan sayyor qabuli davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida manzilli o‘rganish ishlari tashkil etildi. Unda Kengash kotibiyati mudiri A.Usmanov, Byudjet komissiyasi raisi J.Karimov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abilovlar ishtirok etdi.

O‘rganishlar jarayonida okrug hududida joylashgan 490-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bugungi holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Aniqlanishicha, muassasada 2018 va 2022-yillarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa-da, mavjud infratuzilma bugungi talab darajasiga to‘liq javob bermaydi. Hozirgi kunda bog‘chaga 180 nafar bola qatnamoqda, biroq navbatda turgan bolalar soni 500 nafardan ortiqni tashkil etayotgani hududda maktabgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyoj yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Tahlil davomida muassasa binosining ayrim qismlarida kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Xususan, deraza romlari eskirgani sababli ularni yangilash zarurati mavjud, tom qismi esa eski shifer qoplamadan iborat bo‘lib, bu kelgusida noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, hududni o‘rab turgan panjaralar ham eskirgan bo‘lib, xavfsizlik talablariga to‘liq javob bermaydi.

Mazkur holatlar muassasaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bolalar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish zarurligini ko‘rsatdi. Shu asosda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, ta’mirlash ishlarini amalga oshirish hamda qo‘shimcha quvvatlar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Yakuniy xulosa sifatida ushbu masalani belgilangan tartibda Kengashning tegishli doimiy komissiyasi kun tartibiga kiritish hamda tuman Kengashi sessiyasida ko‘rib chiqish taklif etildi. Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganilib, har bir masala yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 7