Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
7-“Oriyat” okrugi deputati B.Qobiljonov tomonidan fuqarolar murojatlari yuzasidan oʻz okrugida oʻrganish oʻtkazildi.
янв.21
MAHALLA YeTTILIGI BILAN HAMKORLIK — AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETIShNING ASOSIY OMILI
янв.21
🌐 Yangihayot tumanida Koʻp kvartirali uylarga xizmat koʻrsatish sifati nazoratda.
янв.21
“Yangi umid” MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqaro murojaati koʻrib chiqildi
янв.21
📈 Hamkorlik va shaffoflik — mahalla ravnaqi garovi!
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyaning davra suhbati oʻtkazildi.
янв.21
20-ds. Deputatlik so‘roviga javob:
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 16-Viqor okrugi deputati N.Shevchenko oʻz hududida oʻrganish oʻtkazdi.
янв.21
“Marhamat” okrugida oʻrganish oʻtkazildi.
янв.21
Хalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining haftalik ish rejasiga muvofiq, 4-Tashabbus okrugi deputati Tillayev Xabibilla Qudratovich tomonidan “Yangi umid” MFY hududida oʻrganish oʻtkazildi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan shahar hududida amalga oshirilgan infratuzilma loyihalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganishlar Marg‘ilon shahar Kengashining 2025 yil 12 sentabrdagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan tadbirlarni moliyalashtirish to‘g‘risidagi VII-13-72-11-168-K/25-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.

O‘rganish jarayonida deputatlar tomonidan O‘rda-tagi mahallasida joylashgan Misgarlik, A.A.I.Sino, Ozodlik maydoni hamda Navro‘z ko‘chalarida amalga oshirilgan ichimlik suvi va oqava suv (kanalizatsiya) tarmoqlarini to‘liq yangilash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Qayd etilishicha, mazkur loyiha doirasida hududdagi eskirgan kommunikatsiya tarmoqlari yangilanib, aholi uchun yanada qulay va sifatli kommunal xizmatlar yaratilgan. Eng muhimi, qurilish ishlari yakuniga yetkazilib, qazish ishlari olib borilgan hududlar to‘liq tiklandi hamda yo‘llarning zararlangan qismlari asfaltlashtirilgan.

Deputatlar tomonidan bajarilgan ishlarning sifati, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va yakuniy natijalar atroflicha o‘rganildi.

Slide 1 of 5