Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⁉️ Xavfsiz mahalla – yurt osoyishtaligi garovi:
янв.21
13-Al-Fargʻoniy okrugi deputati Annaqulov Kamol Xasanovich o`z hududida
янв.21
“Salar” oqova suv tozalash inshootida o’rganish
янв.21
🌐 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati X.Tillayev faoliyati toʻgʻrisida
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI. Xudayqulova Zulfizar Sayfiddin qizi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining navbatdagi 29-sessiyasi
янв.21
📈deputatlar_nazorati
янв.21
📈Saylovchilar murojaati — nazoratda: Yangihayot tumanida suv quvuridagi nosozlik bartaraf etilmoqda
янв.21
#deputatlar_nazorati # 4-Tashabbus okrugi deputati X.Tillayevning deputatlik_faoliyati
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI. Erkaboyev Baxtiyor Ekramjonovish
Chaqaloq yig‘isidan kasallikni aniqlovchi loyiha

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining Toshkent shahridagi tuman bosqichi doirasida ko‘rik-tanlov g‘olibi bo‘lgan Diyorbek Ahmedovning “Dbaby” loyihasi o‘rganilmoqda.

Mazkur loyiha chaqaloqlarning yig‘i ovozini tahlil qilish orqali ularning sog‘lig‘idagi muammolarni erta aniqlashga qaratilgan innovatsion tashabbus hisoblanadi. Ushbu yondashuv kasalliklarni tezkor aniqlash, o‘z vaqtida chora ko‘rish hamda tibbiy xizmat samaradorligini oshirishda muhim аhamiyat kasb etadi.

“Dbaby” loyihasi ilm-fan, texnologiya va tibbiyot yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etgan holda, yoshlarning innovatsion fikrlashi va amaliy yechimlar yaratish salohiyatini yaqqol namoyon etmoqda.

Slide 1 of 1